MyGov: Davlat xizmatlari 4+

Uzinfocom

    • 4.8 • 834 Ratings
    • Free

Screenshots

Description

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.

What’s New

Version 3.8.102

Yangiliklar — MyGov ilovasida nimalar o'zgarmoqda ?
— Elektron hujjatlar optimallashtirildi – Ilova interfeysida noqulay yuklanish holatlari olib tashlandi, hujjatlar endi ancha tez va xatoliklarsiz ochiladi.

— ASOS e-hujjatlariga MRZ kodlar qo‘shildi – Endilikda elektron hujjatlarda MRZ (Machine Readable Zone) kodlar mavjud, bu esa ularni xalqaro formatda tan olish imkonini yaratadi.

— Ko‘chmas mulk obyekti pasporti – Endi siz o‘z mulkingizga doir elektron pasportni MyGov orqali olish imkoniyatiga egasiz.

— Nogironlik guvohnomasi to‘liq integratsiya qilindi – Elektron guvohnoma haqiqiy QR-kodlar bilan ta’minlandi va tizim bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi.

— To‘lovdan so‘ng avtomatik task ochilishi – Endilikda to‘lov tugagach, foydalanuvchi MyGov ilovasiga qaytganda xizmat avtomatik ochiladi – bir bosishda davom eting!

— Avtoxabar xizmatida joylashuv yuborish funksiyasi – Endi foydalanuvchi o‘z manzilini qulay tarzda ulashishi mumkin.

— Haydovchilik jarima ballari – “Mening avto” bo‘limida haydovchilarning jarima ballari bo‘yicha ma’lumotlar aniq va qulay ko‘rinishda taqdim etilmoqda.

— Pin lock va logout muammolari bartaraf etildi – Xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yechildi, tizim yanada barqaror ishlaydi.

— Sozlamalar bo‘limi yangilandi – Endi interfeys intuitiv va qulay, shaxsiy sozlamalarni topish osonroq bo‘ldi.

— OneID’dan olinadigan ma’lumotlar integratsiyasi – Foydalanuvchi haqida OneID orqali keluvchi shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda Sozlamalar bo‘limida ko‘rsatiladi.

— Elektron hujjatlarni yangilashdagi nosozliklar bartaraf qilindi – Endi yangilanishlar silliq, xatoliklarsiz amalga oshadi.

— Elektron hujjatlarni uzatish (share) funksiyasi qo‘shildi – Hozircha bu imkoniyat ID-karta, Biometrik pasport va xorijiy biometrik pasportlar uchun mavjud.

— Biometrik pasportning to‘liq elektron versiyasi yaratildi – Hozirda ilovada mukammal formatda mavjud, ishlatish qulayligi ta’minlandi.

— Profil oynasida hujjatlarni yashirish funksiyasi – Foydalanuvchi endi istasa e-hujjatlarni yashirishi mumkin (standart holatda ko‘rinib turadi).

MyGov — har doim siz bilan, doimo qulaylik yo‘lida!

Ratings and Reviews

4.8 out of 5
834 Ratings

834 Ratings

Ali@2019 ,

I love it

Very helpful

Developer Response ,

Hello, dear user! Thank you for your feedback. We try to become even better with your support.

Iskandarbek Ibrokhimov ,

Rahmat

Juda ham qulay ishlangan, menga ma’qul!

Developer Response ,

Assalomu alaykum baho berganingiz uchun minnatdormiz. Yaqinlaringiz bilan dasturimizni bo‘lishishni unutmang !)

lan32691 ,

No Russian

The app tells you to use e-gov so it allows to share information about me... then that e-gov ONLY in Uzbek language...

Developer Response ,

Hello! At the moment the apps are bilingual O'z-Rus . We plan to expand the choice of interface language soon. Please wait

App Privacy

The developer, Uzinfocom, indicated that the app’s privacy practices may include handling of data as described below. For more information, see the developer’s privacy policy.

Data Not Collected

The developer does not collect any data from this app.

Privacy practices may vary, for example, based on the features you use or your age. Learn More

More By This Developer

MyID O'zbekiston
Productivity
DMED
Health & Fitness
Dmed Pro
Health & Fitness
Temur tuzuklari
Books
My Maktab
Education
Constitution UZ
Books

You Might Also Like

MyUztelecom
Productivity
Mobiuz
Productivity
OneID mobile
Productivity
Turon 365
Productivity
Sarkor
Productivity
Рамазон кундалиги
Productivity